locale OZ

«Yuventus» Nagelsmann bilan aloqaga chiqdi

39 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Germaniya milliy terma jamoasi bo‘lgan.
Futbol
«Yuventus» Nagelsmann bilan aloqaga chiqdi
Фото: Getty Images

«Yuventus» germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmann bilan bog‘landi va agar klub bosh murabbiy lavozimida Luchano Spallettini almashtirishga qaror qilsa, uni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Nagelsmann kelajagi borasida bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda va «keksa sinyora»ning taklifini ijobiy baholagan.

39 yoshli mutaxassisning so‘nggi ish joyi Germaniya milliy terma jamoasi bo‘lgan. U 2023-yildan 2026-yilgacha terma jamoani boshqargan. Klublar miqyosida esa Nagelsmann so‘nggi bor 2021–2023-yillarda «Bavariya» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting