«Sporting» Rui Borgesni iste’foga chiqarishi mumkin
Lissabonning «Sporting» klubida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Gap, aniqrog‘i, jamoa bosh murabbiyi lavozimidagi ehtimoliy almashinuv haqida ketmoqda. A Bola nashri xabar berishicha, klub rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Rui Borgesni iste’foga chiqarish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu lavozimga asosiy nomzod — Paulo Fonseca. «Roma» va «Milan» klublarining sobiq ustozi hozirda «Lion»ni boshqarmoqda. Biroq uning Fransiya klubidagi kelajagi ham savol ostida. Agar mutaxassis «Lion»ni tark etsa, uning Lissabonga ko‘chib o‘tishi borasida tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishi kerak bo‘ladi.
Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, Fonseca yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini Portugaliya Kubogining to‘rtinchi bosqichi doirasidagi «Unian da Serra»ga qarshi o‘tkazishi mumkin.