locale OZ

Akanji Milan derbisi oldidan fikr bildirdi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.
Futbol
Akanji Milan derbisi oldidan fikr bildirdi
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
31.10.2026, 15.45
Milan
-
Inter
-

«Inter» himoyachisi Manuel Akanji Italiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Milan»ga qarshi uchrashuvdan kutayotganlari haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.

— «Milan»dan bunchalik katta farq bilan oldinda bo‘lishingizni kutganmidingiz?

— Hali xulosa chiqarishga erta, ammo g‘alaba qozonish, shubhasiz, juda muhim. Bizga yaqin turgan jamoalar ham ochko jamg‘armoqda va chempionlik uchun kurashda qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin. Derbi biz uchun eng muhim uchrashuvlardan biri. Uch ochkoni qo‘lga kiritishni xohlaymiz.

— «Milan»ga qarshi o‘yinda nimalardan xavotir olyapsiz?

— Menimcha, o‘tgan yili «Milan» past himoya chizig‘ida harakat qilishi va aqlli o‘yin ko‘rsatishini namoyish etgan. Biz ularga o‘z uslubida o‘ynash imkonini bermasligimiz kerak. Himoyada ishonchli harakat qilib, raqibga qiyinchilik tug‘dirishimiz lozim. To‘pni qo‘lga kiritganimizda esa tezkor qarshi hujumlar tashkil etishimiz kerak, — deya Akanjining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sport Italia.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting