A Seriya. «Latsio» «Parma»ni mag‘lub etib, 1-o‘ringa ko‘tarildi
Italiya chempionatining 8-turida «Latsio» Rimda «Parma»ni qabul qildi. Unda rimliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab 51-daqiqada Teylor hisobni ochdi. 58-daqiqada Diyego Karlos avtogolga mualliflik qildi. 90+5-daqiqada Lontani mehmonlarning yagona golini o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng Jennaro Gattuzo jamoasi ochkolari sonini 22 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadamga aylandi. «Parma» esa 4 ochko to‘plab, 19-pog‘onada.
A Seriya. 8-tur
Latsio – Parma 2:1
Gollar: Teylor 51, Diyego Karlos 58 avtogol – Lontani 90+5.
Latsio – Mandas, Floriani, Provstgard (Leyte, 46), Shutalo, Tavaresh, Frattezi, Belaxyane, Teylor (Bashiru, 71), Isaksen (Lazzari, 77), Zakkani (Pedraza, 77), Noslin.
Parma – Korvi, Drobnich, del Prato, Troylo, Diyego Karlos, Valeri, Keyta, Serro (Bernabe, 46), Ordones (Lontani, 64), Ture, Romero (Fabbian, 79).