Spalletti «Napoli»ga qarshi o‘yindan keyin iste’foga chiqarilishi mumkin
Klub rahbariyati allaqachon uning o‘rniga nomzod izlamoqda.
Futbol
Фото: Getty Images
Italiya A seriyasi
01.11.2026, 14.45
Yuventus
-
Napoli
-
Italiyalik insayder Janluka Bendoni Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Luciano Spallettining kelajagi haqida ma’lumot berdi.
«Napoli»ga qarshi uchrashuv Spalletti uchun so‘nggisi bo‘lishi mumkin. Klub rahbariyati allaqachon uning o‘rniga nomzod izlamoqda. Yulian Nagelsmann va Didier Desham nomzodlari muhokama qilinmoqda.
Jamoa ichida ham norozilik mavjud. Spalletti hozircha barcha futbolchilarni bir maqsad atrofida birlashtira olmayapti», — dedi insayder.
Ma’lumot tariqasida, bellashuv Turindagi «Alyans» stadionida Toshkent vaqti bilan 00:45 da boshlanadi.