locale OZ

La Liga. «Real» autsayder «Oviedo»ni mag'lub etdi

Gonsalo va Bellingem gol urdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
La Liga. «Real» autsayder «Oviedo»ni mag'lub etdi
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
14.05.2026, Yak.
Real Madrid
2
Real Oviedo
0

Ispaniya La Ligasi 2025/2026 mavsumi 36-turidan o‘rin olgan “Real” — “Oviedo” uchrashuvi yakunlandi. Madriddagi “Santiago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Avvaliga “qaymoqranglilar” hujumchisi Gonsalo Garsiya hisobni ochdi. 69-daqiqada Kilian Mbappe maydonga tushirildi. 80-daqiqada esa Jud Bellingem Mbappening golli uzatmasidan so‘ng jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa, “Real” 36 ta uchrashuvdan so‘ng 80 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Oviedo” esa 29 ochko bilan so‘nggi — 20-pog‘onada joylashgan va muddatidan avval Primerani tark etdi.

Ispaniya — La Liga, 36-tur
“Real” — “Oviedo” 2:0
Gollar: Gonsalo Garsiya 44, Bellingem 80.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting