Arbeloa va Mbappe oʻrtasida nizo kelib chiqdi
Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va «qirollik klubi» hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 36-turi doirasidagi «Oviedo»ga qarshi oʻyin (2:0) oldidan suhbatlashib olishdi.
Futbolchi zaxira oʻrindigʻida qoldirilganidan noroziligini bildirgan boʻlsa, murabbiy oʻz navbatida fransiyalik hujumchining soʻnggi haftalardagi xulq-atvoridan qoniqmayotganini maʼlum qilgan. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Arbeloaga Mbappening 10 may kuni La Liga doirasida «Barselona»ga qarshi oʻyin (2:0) oldidan koʻrsatgan xarakteri yoqmagan. Uchrashuvdan bir kun oldin hujumchi zaxiradan maydonga tushishi mumkin boʻlgan futbolchilar roʻyxatiga kiritilgan edi. Biroq Mbappe noqulaylik his qilayotganini bahona qilib, oʻyinoldi mashgʻulotida qatnashishdan bosh tortgan.
Shuningdek, fransiyalik futbolchi tizza osti payi jarohatidan tiklanayotgan bir paytda sevgilisi bilan birga Italiyaga yoʻl olgani uchun ham «Real» klubi ichida tanqidlar ostida qolgan.