locale OZ

Flik: «Jamoamizning o‘yini menga yoqmoqda»

"Barselona" La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Flik: «Jamoamizning o‘yini menga yoqmoqda»
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
16.09.2026, Yak.
Barselona
7
Racing Santander
2

“Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik “Rasing” bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

“Biz yanada yaxshiroq o‘ynay olamiz. Hayotda doimo va har bir jihatda rivojlanish mumkin. Natijadan qat’i nazar, biz yaxshi o‘ynadik. Jamoamizning o‘yini menga yoqmoqda, uni tomosha qilish maroqli.

Lekin eng muhimi — har doim, har bir vaziyatda va har bir uzatmada diqqatni yo‘qotmaslik. Xato qilish — oddiy holat. Shesnining xatosi meni xavotirga solmayapti, chunki bu futbol va buning ustida ishlash mumkin.

Joan Garciada muayyan muammolar paydo bo‘ldi. Endi kutishimiz va u shu hafta oxirida maydonga tushishga tayyor bo‘lishiga umid qilishimiz kerak.

Futboldagi yondashuv shunday. Hammasi jamoa uchun”, — dedi Flik DAZN’ga bergan intervyusida.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting