locale OZ

Flik «Barsa»da 100-g‘alabasiga erishdi

Ispaniyalik murabbiy bu ko‘rsatkichni kataloniyaliklar boshqaruvidagi 126-o‘yinida qayd etgan.
Futbol
Flik «Barsa»da 100-g‘alabasiga erishdi
Фото: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik kataloniyaliklar safidagi 100-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Yubiley natija La Liganing 11-turida «Alaves» ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g‘alabadan keyin qayd etildi.

Flik qo‘l ostidagi «Barselona» uchun bu 131-uchrashuv bo‘ldi. Ushbu bahslarning 100 tasida jamoa g‘alaba qozongan, 10 marta durang o‘ynagan va 21 marta mag‘lubiyatga uchragan. Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis jamoa bilan g‘alabalar soni bo‘yicha muhim marraga yetdi.

«Ko‘k-anorranglilar» tarixida Flikdan tezroq 100 ta g‘alabaga faqat Luis Enrike erishgan. Ispaniyalik murabbiy bu ko‘rsatkichni kataloniyaliklar boshqaruvidagi 126-o‘yinida qayd etgan. Flik esa 100-g‘alabasiga 131 uchrashuvda erishdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting