Lopes «Barselona»da faoliyatini yakunlashni istamoqda
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes o‘ziga «Manchester Yunayted» tomonidan bildirilayotgan qiziqish haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, «qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy o‘rganmoqda.
«Bunday xabarlarga e’tibor qaratmayman. Men «Barselona»da imkon qadar uzoqroq qolishni istayman va faoliyatimni aynan shu yerda yakunlashga umid qilaman», — deya Fermin so‘zlarini Barca Times nashri keltirmoqda.
Shanba kuni La Liganing «Alaves»ga qarshi uchrashuvida Fermin Lopes eng yaxshi futbolchi deb topildi. «Ko‘k-anorranglilar» 6:1 hisobida g‘alaba qozongan bahsda yarim himoyachi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Fermin Lopesning transfer qiymatini 110 million yevro deb baholamoqda.