«Barselona» La Ligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
«Barselona» Ispaniya La Ligasining 2026/2027-yilgi mavsumida ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Kataloniyaliklar 10-tur doirasida «Real»ga qarshi kechgan bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Madridliklar ushbu g‘alaba orqali raqibining chempionatdagi g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi.
Ushbu bahsgacha «Barselona» milliy chempionatda ketma-ket to‘qqizta g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Mavsum boshidan beri kataloniyaliklar «Elche»ni 5:0, «Atletik»ni 2:0, «Rayo Valyekano»ni 5:2, «Valensiya»ni 5:0, «Levante»ni 4:2, «Rasing»ni 7:2, «Sevilya»ni 3:1, «Xetafe»ni 3:0 va «Betis»ni 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.
Biroq «Real»ga qarshi uchrashuvda jamoa g‘alabali seriyasini davom ettira olmadi va mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.
Shunga qaramay, «Barselona» Ispaniya chempionatidagi 10 ta uchrashuvdan so‘ng 27 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.
Madridning «Real» klubi esa ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolari sonini 24 taga yetkazdi va jadvalning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.