APL. «MYU» 8 ta gol urilgan «otishma»da ikki bor kambek qilib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Angliya chempionatining 10-turida «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Aston Villa» bilan to‘qnash keldi va ikki bor kambek amalga oshirib, «otishma»ni jangovar durang bilan yakunladi.
Mankunianliklar har ikki bo‘limda ikki to‘p farqini yo‘qqa chiqarishdi. Hal qiluvchi gollar 90+2 va 90+6-daqiqalarda urildi.
10 ta turda atigi bir bor g‘alaba qozongan Kerrik jamoasi FIFA kunlariga 8 ochko bilan 18-o‘rinda chiqib ketdi. Emeri boshqaruvidagi Birminghem klubi esa 13 ochko bilan 10-pog‘onaga joylashgan.
APL. 10-tur
Manchester Yunayted — Aston Villa 4:4
8 noyabr, «Old Trafford»
Gollar: Fernandesh (16, penalti), Tilemans (44), Zirkze (90+2), Dorgu (90+6) — Alisson (2), Jekson (4), Makgin (48, penalti), Goretska (53).
Manchester Yunayted — Lammens, Dalot (Dorgu, 66), Yoro, Maguayr (Heven, 46), Mazraui, Maynu, Tilemans (Maunt, 66), Fernandesh, Diallo (Leysi, 66), Kunya, Mbeumo (Zirkze, 83).
Aston Villa — Suzuki, Harvud-Bellis, Lindelyof, Torres, Matsen, Kamara, Goretska (Mbaye, 78), Makgin (Hemmings, 71), Alisson (Barkli, 71), Manzambi (Gomes, 78), Jekson (Majo, 86).
Ogohlantirishlar: Heven (57), Suzuki (90+7).