locale OZ

Mourinyo La Liganing oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Oktabr oyida portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi «Real» chempionat doirasida o‘tkazgan uchala uchrashuvida ham g‘alaba qozondi.
Futbol
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Ispaniya chempionatining oktabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etildi. Bu haqda La Liga matbuot xizmati xabar berdi.

Oktabr oyida portugaliyalik mutaxassis boshchiligidagi «Real» chempionat doirasida o‘tkazgan uchala uchrashuvida ham g‘alaba qozondi. Jumladan, Madrid klubi ushbu oyda «Barselona»ni ham 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 12 ta uchrashuvdan so‘ng 33 ochko jamg‘argan «Barselona» peshqadamlik qilmoqda. «Real» 30 ochko bilan ikkinchi, «Atletiko» esa 28 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kuchli beshlikdan shuningdek, 26 ochkoga ega «Betis» va 22 ochko to‘plagan «Real Sosyedad» ham joy olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting