APL oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi
G‘olib kelasi hafta e’lon qilinadi.
Futbol
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi 2026 yil oktabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun sakkiz nafar nomzod ro‘yxatini e’lon qildi.
Nomzodlar quyidagilar:
- Evanilson («Bornmut») — 4 ta o‘yinda 4 ta gol va 1 ta golli uzatma.
- Nikolas Jekson («Aston Villa») — 4 ta o‘yinda 4 ta gol.
- Ezri Konsa («Arsenal») — 3 ta uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta quruq o‘yin.
- Deklan Rays («Arsenal») — 3 ta o‘yinda 2 ta golli uzatma.
- Jek Rudoni («Koventri») — 4 ta o‘yinda 3 ta gol.
- Yan-Paul van Hekke («Tottenhem») — 4 ta uchrashuvda 1 ta gol va 2 ta quruq o‘yin.
- Bart Verbruggen («Brayton») — 4 ta uchrashuvda 3 ta quruq o‘yin.
- Luka Vushkovich («Brayton») — 4 ta uchrashuvda 3 ta quruq o‘yin.
Muxlislar 9 noyabrga qadar o‘zlari munosib deb bilgan nomzod uchun ovoz berishlari mumkin. Muxlislar ovozlari ekspertlar hay’ati natijalari bilan birlashtiriladi. G‘olib kelasi hafta e’lon qilinadi.