Rasman: Raul Gonsales «Real Oviedo» bosh murabbiyiga aylandi
49 yoshli mutaxassis klub bilan 2028-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Futbol
Фото: Getty Images
Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi va yoshlar jamoasining sobiq murabbiyi Raul Gonsales Ispaniyaning «Real Oviedo» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.
49 yoshli mutaxassis klub bilan 2028-yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. E'tiborlisi, bu Raul uchun kattalar futbolidagi ilk murabbiylik tajribasi bo'ladi.
Ayni vaqtda «Real Oviedo» Ispaniya ikkinchi divizioni turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 21 ochko mavjud. Biroq yuqori divizionga chiqish uchun pley-off zonasiga kirish oralig'idagi farq atigi bir ochkoni tashkil etmoqda.
14-noyabr kuni «Real Oviedo» o'z maydonida «Jirona»ni qabul qiladi.