locale OZ

YECHL. «Barselona» Kataloniyada «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Rafinyadan dubl

Flik jamoasi ushbu g‘alabadan so‘ng 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Futbol
YECHL. «Barselona» Kataloniyada «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Rafinyadan dubl
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
03.11.2026, Yak.
Barselona
3
Aston Villa
0

Yevropa Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Barselona» Kataloniyada «Aston Villa»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Rafinya dublni rasmiylashtirdi. Yana bir gol Lamin Yamal hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng Flik jamoasi umumiy guruh bosqichida 9 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Ingliz klubi esa 9 ochko bilan 3-pog‘onada.

YECHL. 4-tur
Barselona — Aston Villa 3:0
Gollar:
Yamal 7, Rafinya 52, 64.
Barselona – Joan Garsiya, Kanselu, Farinas, Kubarsi, Fermin Lopes (Jezus, 70), Pedri (De Yong, 70), Jerar Martin, Gordon, Rodri (Bernal, 46), Rafinya, Lamin Yamal.
Aston Villa – Cuzuki, Kesh, Lindelyof, Makginn (Alisson, 77), Kamara, Buendiya, Pau Torres, Maatsen, Gomes (Barkli, 62), Manzambi (Goretska, 62), Jekson (Abraham, 77).
Ogohlantirishlar: Rafinya 45 – Maatsen 11, Buendiya 31, Jekson 45.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting