Gattuzo «Napoli» bilan durangdan keyin jamoasining o‘yinini baholadi
«Latsio» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya chempionatining 11-turi doirasida «Napoli» maydonida qayd etilgan 1:1 hisobidagi durang haqida fikr bildirdi.
«Bu juda qiyin safar va kuchli jamoaga qarshi o‘yin bo‘ldi. Bugun kiyinish xonasiga kirganimda, xuddi morgga kirgandek bo‘ldim (kuladi). Birinchi bo‘limni a’lo darajada o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘lim boshida esa raqib bizni darvoza tomon siqib qo‘ydi. Ammo bunday bo‘lishini kutgandik.
Bugun jamoamizning natijadan ko‘ngli to‘lmagani menga yoqdi. Bu yigitlar bilan faxrlanamiz. Bunday vaziyatda bu yerga kelib o‘ynash hech qachon oson bo‘lmaydi. Shuning uchun natijadan qoniqishimiz kerak.
Men futbolchilarimning ko‘proq tabassum qilishini istayman. Mening nazarimda, bugun ham jamoamiz yaxshi futbol namoyish etdi», — deya Gattuzoning so‘zlarini Football Italia nashri keltirmoqda.