Emeri: «Old Trafford»dagi o‘yinlar biz uchun doimo qiyin kechadi
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Premer-ligasi doirasida «Manchester United»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv yakshanba kuni «Old Trafford» stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
«Bu yerda ishlayotganimga to‘rt yil bo‘ldi va biz ushbu stadionda doim mag‘lub bo‘lib kelmoqdamiz. “Old Trafford”dagi o‘yinlar men va futbolchilarim uchun jiddiy sinov hisoblanadi. Natijaga erishish uchun har bir futbolchi alohida va jamoa bo‘lib o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etishi kerak.
“Manchester United” — ajoyib klub. O‘tgan mavsumda jamoa yaxshi natija ko‘rsatdi va Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu mavsumda esa ular beqaror o‘yin namoyish etmoqda. Biroq jamoa avvalgi darajasiga qaytishi kerak. Umid qilamanki, bu yakshanba kuni bizga qarshi sodir bo‘lmaydi. Bizni juda qiyin uchrashuv kutmoqda», — dedi Emeri matbuot anjumanida.
APL turnir jadvalida «Manchester United» 7 ochko bilan 17-o‘rinda, «Aston Villa» esa 12 ochko bilan 10-pog‘onada bormoqda.