locale OZ

APL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» mehmonda «Nottinghem Forest»ga yutqazib qo‘ydi

Mareska jamoasi APL doirasida qatorasiga 3-o‘yinda mag‘lub bo‘lib, peshqadam «Arsenal»dan olti ochko ortda qolmoqda.
Futbol
APL. Husanov to‘liq o‘ynagan bahsda «Manchester Siti» mehmonda «Nottinghem Forest»ga yutqazib qo‘ydi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
07.11.2026, Yak.
Nottingem F
3
Manchester Siti
1

Angliya Premer-ligasi 10-turida «Manchester Siti» mehmonda «Nottinghem Forest»ga qarshi bellashdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. «O‘rmonchilar» safida Liam Delap dublni rasmiylashtirdi. «Siti»ning yagona goli Rayyan Sherki hisobiga yozildi.

Bu bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.

Shu tariqa, Mareska jamoasi 21 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. «Nottinghem Forest» esa 9 ochko bilan 16-pog‘onada.

APL. 10-tur
Nottinghem Forest – Manchester Siti 3:1
Gollar:
Kunya 6, Delap 18, 73 – Sherki 52.
Nottinghem Forest – Zels, Kunya, Milenkovich, Munos (Nets, 65), Murillo, Shlager, Yates (Sangare, 79), Uillyams, Makeyti (Ndoy, 65), Gibbs-Uayt, Delap (Igor, 87).
Manchester Siti – Donnarumma, Diash, Gehi (Nunes, 46), Husanov, Gvardiol (O'Rayli, 46), Fernandes (Foden, 78), Anderson, Sherki, Ndiay, Doku, Holand.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting