«Fenerbahche» Tottining klub rahbariyatiga kelishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Klub jurnalistlarni ma’lumotlarni tekshirishga va o‘z faoliyatida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.
Futbol
Фото: Getty Images
«Fenerbahche» Turkiya OAVida Franchesko Totti klub rahbariyatidan lavozim olishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Istanbul klubi rasmiy bayonot bilan chiqib, ushbu ma’lumotlarni inkor etdi.
«Franchesko Totti klubimizning sport bo‘limida lavozim egallashi haqida tarqalgan ma’lumotlar mutlaqo asossiz», — deyiladi «Fenerbahche» bayonotida.
Shuningdek, klub jurnalistlarni ma’lumotlarni tekshirishga va o‘z faoliyatida mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya chempionatining 11 turidan so‘ng «Fenerbahche» turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.