locale OZ

Hamzat Chimayevning raqibi o‘zgardi: Kolbi Kovington o‘rniga sobiq UFC chempioni chiqadi

RAF turniri 14-noyabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena” majmuasida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Hamzat Chimayevning raqibi o‘zgardi: Kolbi Kovington o‘rniga sobiq UFC chempioni chiqadi
Foto: Getty Images

14-noyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan Real American Freestyle (RAF) turnirining asosiy to‘qnashuvida o‘zgarish yuz berdi. Hamzat Chimayevning dastlabki raqibi Kolbi Kovington jarohat sabab musobaqadan chiqdi. Uning o‘rnini UFCning sobiq chempioni Kris Vaydman egallashi e’lon qilindi. Bu haqda RAF tashkiloti ma’lumotiga tayanib xabar berilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chimayev va Kovington o‘rtasidagi bahs turnirning asosiy voqeasi sifatida rejalashtirilgan edi. Biroq amerikalik sportchining jarohati tashkilotchilarni raqibni almashtirishga majbur qildi. Natijada Chimayev 42 yoshli Kris Vaydman bilan erkin kurash qoidalari asosida bellashadigan bo‘ldi.

Vaydman UFC tarixidagi mashhur jangchilardan biri hisoblanadi. U 2013-yilda Anderson Silvani mag‘lub etib, o‘rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Chimayev ham mazkur divizionda UFC chempioni bo‘lgan. Endilikda ikki sobiq chempion MMA oktagonida emas, balki kurash gilamida o‘zaro kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, RAF turniri 14-noyabr kuni Abu-Dabidagi “Etihad Arena” majmuasida o‘tkaziladi. Musobaqada Arman Tsarukyan, Umar Nurmagomedov va boshqa taniqli jangchilar ham ishtirok etishi rejalashtirilgan. Chimayev va Vaydman uchrashuvi oqshomning asosiy bellashuvi bo‘lishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting