PSJ “Barselona”ning yana bir yulduzini transfer qilishi mumkin
Fransiyaning PSJ klubi “Barselona” yarim himoyachisi Gavini o‘z safiga qo‘shishga qiziqish bildirmoqda. Parijliklar ispaniyalik futbolchining Kataloniya klubidagi holatini diqqat bilan kuzatmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachiga PSJdan tashqari Angliya Premyer-ligasining bir nechta yetakchi klublari ham qiziqish bildirmoqda. Bunga Gavining so‘nggi vaqtlarda “Barselona” safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sabab bo‘lgan. Shu bois futbolchining kelajagi transfer bozorida muhokama qilinmoqda.
Biroq “Barselona” rahbariyati Gavini sotish niyatida emas. Klub uni uzoq muddatli loyihaning muhim qismi deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, yarim himoyachining o‘zi jamoani tark etish istagini bildirsa, kataloniyaliklar uning transferi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Gavi joriy mavsum barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuv o‘tkazib, gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.