locale OZ

De Zerbi: «Endi biz haqiqiy jamoa sifatida o‘ynayapmiz»

«Tottenhem» so‘nggi to‘rtta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadi va ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Futbol
De Zerbi: «Endi biz haqiqiy jamoa sifatida o‘ynayapmiz»
Фото: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
07.11.2026, Yak.
Lids
1
Tottenhem
0

Londonning «Tottenhem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi jamoa o‘yinida yuz bergan o‘zgarishlar haqida gapirdi.

«Biz kuchli jamoaga aylandik. “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yindan oldin yaxshi futbol namoyish etayotganimiz haqida o‘ylardim, ammo jamoa sifatida emas. Hozir esa bir jamoa kabi fikrlayapmiz, bir jamoa bo‘lib o‘ynayapmiz va bir-birimizga yordam beryapmiz. Futbolda bu juda katta ahamiyatga ega», — dedi De Zerbi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» so‘nggi to‘rtta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramadi va ketma-ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi. APLning to‘qqiz turidan keyin «shporlar» 12 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasini egallab turibdi.

7 noyabr kuni De Zerbi shogirdlari safarda «Lids»ga qarshi bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting