Runi: «MYu» bunday ruhda o‘ynashda davom etishi kerak»
«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jamoaning «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvdagi irodali g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
«Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Ular ikkinchi bo‘limda paydo bo‘lgan kayfiyatni saqlab qolishga harakat qilishlari kerak. Mening nazarimda, maydonda ham, tribunlarda ham muhit butunlay o‘zgardi.
Aynan shunday o‘ynashlari kerak — faol va tashabbusni o‘z qo‘liga olgan holda. Bu ruhiyatni “Aston Villa”ga qarshi bahsga ham olib o‘tish zarur. Chunki agar ular birinchi bo‘limdagidek sust harakat qilishsa, mag‘lub bo‘lishadi. Shu tarzda o‘ynashda davom etishlari kerak», — deya Runining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.