locale OZ

YECHL. «MYU» superkambek evaziga «Roma»dan ustun keldi

Kerrik jamoasining 9 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga yakuniga yetdi. Kunya dublni rasmiylashtirib, so‘nggi daqiqalarda maydondan chetlatildi.
Futbol
YECHL. «MYU» superkambek evaziga «Roma»dan ustun keldi
photo: gettyimages
Chempionlar ligasi
03.11.2026, Yak.
Manchester Yunayted
3
Roma
2

Yevropa Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qilib, superkambek evaziga g‘alaba qozondi. Dastlab rimliklar Soule va Malenning gollari evaziga oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo‘limda inglizlar Fernandesh va Kunyaning dubli evaziga g‘alabani ilib ketdi.

Bu natijadan so‘ng Kerrik jamoasi umumiy guruh bosqichida 6 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. «Roma» esa 4 ochko bilan 19-pog‘onada.

YECHL. 4-tur
MYU — Roma 3:2
Gollar:
Fernandesh 58 penalti, Kunya 83, 86 – Soule 11, Malen 17 penalti.
MYU – Lammens, Maguayr, Yoro, Baleba (Tilemans, 51), Heaven (Lisandro Martines, 75), Dalot, Fernandesh, Amad Diallo (Lasi, 75), Mbeumo, Kunya, Maynu.
Roma – Vaskes, Rensh (Lulli, 21), Kristante, De Ron, Soule, Ermoso, Manchini (Jilardi, 75), Balerdi, Fransa, Mora (Pisilli, 46), Malen.
Ogohlantirishlar: Fernandesh 20 – Soule 20, Lulli 35, Malen 42.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting