locale OZ

Toshkentdagi Jahon chempionatini 16 ta medal bilan yakunladik

Musobaqada dunyoning 101 ta mamlakatidan 700 nafarga yaqin sambochi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Фото: Ўзбекистон самбо ассоциацияси матбуот хизмати

6-8-noyabr kunlari Toshkent shahri sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi yubiley 50-jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Musobaqada dunyoning 101 ta mamlakatidan 700 nafarga yaqin sambochi ishtirok etdi. Yurtimiz mezbonlik qilgan chempionatda sambo bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi mamlakatlar soni bo‘yicha rekord qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi sambochilari musobaqa yakuniga ko‘ra 2 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

JCH-2026da sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sambochilar ro‘yxati bilan tanishing:

Oltin:

+80 kg: Mavluda Abdullayeva (jangovar sambo)
-98 kg: O‘lmas Rayimov (ko‘zi ojizlar)

Kumush:

-50 kg: Charos Ortiqova (ko‘zi ojizlar)
-58 kg: Shahzoda Azatova (jangovar sambo)
-59 kg: Lutfilla Saydamatov (jangovar sambo)
-64 kg: Isoqjon Abdurahmonov (ko‘zi ojizlar)
-65 kg: Feruza Boboqulova (jangovar sambo)

Bronza:

-54 kg: Farog‘at Nurmamatova (jangovar sambo)
-59 kg: Azizabegim Najimova
-59 kg: Nasiba Boboqulova (ko‘zi ojizlar)
-64 kg: Bahodir Bakiev (jangovar sambo)
-72 kg: Shinar Ibrayeva
-80 kg: Muxlisa Turdiyeva
-88 kg: Sanjar Ablakulov
-98 kg: Xudoyor Ibroyimov
+98 kg: Islom Nosirov (jangovar sambo)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting