Iliya Topuriya faoliyatidagi eng unutilmas jangni aytdi
UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Iliya Topuriya professional faoliyatidagi eng esda qolarli jang haqida gapirdi. 29 yoshli gruzin-ispan sportchisi Aleksandr Volkanovskiga qarshi to‘qnashuvni alohida e’tirof etdi. Bu haqda u JD Sports’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Men Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangni tanlagan bo‘lardim. Chunki aynan o‘sha kuni ilk bor jahon chempioniga aylanganman. Bu jang men uchun juda unutilmas bo‘lgan”, dedi Topuriya.
Eslatib o‘tamiz, Topuriya 2024-yilning 17-fevralida UFC 298 turnirida Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, yarim yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik u Maks Xolloueyga qarshi jangda unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2025-yilda esa Charlz Oliveyrani nokautga uchratib, yengil vaznda ham chempion bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Topuriya 2020-yildan buyon UFCda ishtirok etmoqda. U 2026-yil iyun oyida Jastin Geyjiga texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lib, professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan va yengil vazndagi chempionlik kamaridan ayrilgan.