Flik: «Barselona»ning himoyadagi o‘yinidan mamnunman»
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turidan o‘rin olgan «Aston Villa»ga qarshi bahsdagi (3:0) g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ushbu uchrashuvda kataloniyaliklarga Lamin Yamalning goli va Rafinya Diasning dubli g‘alaba keltirdi. Flikni esa eng ko‘p xursand qilgan jihat jamoa o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgani bo‘ldi.
«Haqiqatan ham kuchli raqibga qarshi himoyada qanday harakat qilganimizdan mamnunman. Biz jips harakat qildik, barcha futbolchilar himoyaga jalb etildi. Eng muhimi shu.
Biz bu natija bilan faxrlanamiz. Juda yaxshi g‘alaba, ammo rivojlanishda davom etishimiz kerak», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Ayni vaqtda «Barselona» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi turnir jadvalida 9 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Aston Villa» ham shuncha ochko jamg‘argan.