«Manchester Siti» Mourinioning rekordini yangilay olmadi
«Manchester Siti» Mourinioning rekordini yangilay olmadi
2005/2006-yilgi mavsumda Joze «Chelsi» klubi bilan chempionatni ketma-ket 9 ta g‘alaba bilan boshlagan va bu haligacha Angliya premer-ligasidagi eng yaxshi start sifatida saqlanib kelmoqda.
Angliya Premer-ligasi sakkizinchi turida «Manchester Siti» safarda Birminghemning «Aston Villa» jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shunday qilib, «shaharliklar»ning g‘alabali seriyasi 7 ta o‘yinda to‘xtab qoldi - bu esa, o‘z navbatida, Joze Mourinioning rekordi hamon yangilanmay qolishini bildiradi. 2005/2006-yilgi mavsumda mutaxassis Londonning «Chelsi» klubi bilan chempionat startida ketma-ket 9 ta g‘alabani nishonlagan va bu haligacha Angliya premer-ligasidagi eng yaxshi start sifatida saqlanib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mourinio bugungi kunda Ispaniyada faoliyatini davom ettirmoqda. Uning boshchiligidagi Madridning «Real» jamoasi bugun tunda Kataloniyaning «Barselona» klubiga qarshi maydonga tushadi.