locale OZ

«Arsenal» Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamoqchi

Bu haqda The Daily Briefing nashri xabar berdi.
Futbol
«Arsenal» Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlamoqchi
Фото: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi yanvar oyidagi transfer oynasi oldidan Madridning «Atletiko» jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Daily Briefing nashri xabar berdi.

«Kanonirlar» argentinalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga hamon katta qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, 26 yoshli futbolchiga Ispaniyaning yana bir grandi — «Barselona» ham da’vogarlik qilmoqda.

Alvaresning transfer qiymati 110 million yevro atrofida baholanmoqda.

Argentinalik hujumchi joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting