locale OZ

«Real»ning 125 million yevrolik yangi futbolchisi ilk samarali harakatini amalga oshirdi

«Real» Diomandeni o‘tgan yozda 125 million yevroga sotib olgan edi.
«Real»ning 125 million yevrolik yangi futbolchisi ilk samarali harakatini amalga oshirdi
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
15.09.2026, Yak.
Elche
2
Real Madrid
3

Ispaniya La Ligasining 6-turida «Real» safarda «Elche»ni qiyin kechgan uchrashuvda 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Madridliklarning 19 yoshli vingeri Yan Diomande ketma-ket ikkinchi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. U 4-daqiqadayoq sariq kartochka oldi. 33-daqiqada kot-d’Ivuarlik futbolchi Kilian Mbappega golli uzatma berdi. Bu Diomandening «Leypsig»dan «Real»ga o‘tganidan keyingi ilk natijali harakati bo‘ldi.

«Real» Diomandeni o‘tgan yozda 125 million yevroga sotib olgan edi. Yan «Real» safida hozirga qadar 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U hali gol urishga muvaffaq bo‘lmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting