Mourinyo: «Elche»ning bahsga qaytishiga imkon berdik»
«Real» La Liga turnir jadvalida 15 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Ispaniya La Ligasi
15.09.2026, Yak.
Elche
2
Real Madrid
3
«Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing 6-turida «Elche» ustidan qozonilgan g‘alabaga munosabat bildirdi.
«Futbolchilarga nisbatan yagona e’tirozim — shunday imkoniyatlar yuzaga kelganda bahsni yakunlay olishmayapti. Asabiy yakun uchun hech qanday sabab yo‘q edi. Yana bir necha bor gol urib, masalaga nuqta qo‘yishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik va «Elche»ning bahsga qaytishiga imkon berdik.
Shundan keyin oddiy kechayotgan bahs birdaniga juda murakkab tus oldi», — dedi Mourinyo Madrid Zone nashriga.
Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida 15 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.