\"Malorka\" Pablo Torre transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
Pablo Torre "Barselona"ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
"Malorka" Kataloniya klubidan 22 yoshli yarim himoyachi transferini e'lon qildi. Tomonlar 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
“Barselona” futbolchining 50 foiz huquqi uchun 5 million yevro oladi. Shartnomada qolgan 50 foizni 25 million yevroga qayta sotib olish imkoni ham ko'rsatilgan.
"Barselona" ham futbolchini qayta sotib olish huquqiga ega. Agar Torre boshqa klubga o'tsa, kataloniyaliklar qayta sotilgan summaning bir qismini oladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor