locale OZ

«Barselona» Pedro Porroni ham o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda

Hozirda «Barselona» himoya qanotini kuchaytirmoqchi.
Futbol
«Barselona» Pedro Porroni ham o‘z safiga qo‘shib olishni ko‘rib chiqmoqda
Фото: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoya markazini kuchaytirishdan tashqari, qanot himoyachisini transfer qilish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatining qishki transferlar oynasidagi asosiy vazifasi tajribali markaziy himoyachini sotib olish bo‘lib qolmoqda.

Jyul Kunde, Erik Garsiya va Andreas Kristensenning jarohatlari tufayli bosh murabbiy Xans-Diter Flik ixtiyorida faqat Pau Kubarsi va Jerar Martin qolgan. Shu sababli yarim himoyachi Frenki de Yong ham markaziy himoya chizig‘ida sinovdan o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar yanvar oyida bozorda manfaatli taklif paydo bo‘lsa, yana bir qanot himoyachisini ham tarkibga qo‘shib olishni istisno etishmayapti.

Hozirda «Barselona»ning himoya qanotini kuchaytirish borasidagi asosiy maqsadi Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi, 27 yoshli Pedro Porro bo‘lib qolmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting