locale OZ

«Barselona» Pachoni qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi

Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil iyun oyi oxirigacha tuzilgan.
Futbol
«Barselona» Pachoni qishki transfer oynasida qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi
Фото: Getty Images

«PSJ» va Ekvador milliy jamoasi himoyachisi Vilyan Pacho faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

25 yoshli futbolchiga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi qishki transfer oynasida ekvadorlik himoyachini tarkibga qo‘shib olishni rejalashtiryapti.

Pachoga da’vogarlar orasida «Arsenal» va «Manchester Siti» klublari ham bor. Ular ham futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Pacho Parij jamoasi safida 2024-yil avgust oyidan buyon to‘p tepadi. Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2031-yil iyun oyi oxirigacha tuzilgan.

Transfermarkt portali himoyachining transfer narxini 80 million yevro deb baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting