locale OZ

“Vest Hem”ning yosh futbolchisi bir o‘yinda maydon markazidan ikkita gol urdi

19 yoshli futbolchi bir o‘yinning o‘zida maydon markazidan ikkita gol urib, futbol muxlislarining e’tiborini tortdi.
Futbol
“Vest Hem”ning yosh futbolchisi bir o‘yinda maydon markazidan ikkita gol urdi
Foto: Getty Images

Angliyaning “Vest Hem” klubi 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoasi yarim himoyachisi Preston Firon “Byornli”ga qarshi uchrashuvda noodatiy natija qayd etdi. 19 yoshli futbolchi bir o‘yinning o‘zida maydon markazidan ikkita gol urib, futbol muxlislarining e’tiborini tortdi. Bu haqda “Vest Hem” klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 23-oktabr kuni Angliya Premier League 2 musobaqasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda Firon 35-daqiqada dastlabki golini kiritgan. U raqib darvozabonining o‘z chizig‘idan ancha uzoqqa chiqqanini payqab, maydon markazidan zarba yo‘llagan. To‘p darvozaga kelib tushgan va futbolchi jamoasining ustunligini oshirgan.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Firon yana bir bor shunga o‘xshash vaziyatdan foydalanib, ikkinchi golini kiritgan. Futbolchi o‘yindan keyin kuchli shamol ham uzoq masofadan yo‘llangan zarbalariga yordam berganini ta’kidlagan. Yosh yarim himoyachining ikkala goli aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar tomonidan yuqori baholandi.

Ma’lumot uchun, “Vest Hem”ning yoshlar jamoasi “Byornli”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Preston Firon avval “Chelsi” akademiyasida shug‘ullangan, keyinchalik esa “Vest Hem” yoshlar tizimiga qo‘shilgan. U 2025-yilda “Manchester Yunayted”ga qarshi mavsumoldi uchrashuvida asosiy jamoa safida ham maydonga tushgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting