locale OZ

“Real Madrid” va “Barselona” 124 yillik raqobatda g‘alabalar soni bo‘yicha tenglashdi

25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “El-Klasiko” arafasida e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, ikki klub o‘zaro rasmiy uchrashuvlarda bir xil natija qayd etgan.
Futbol
“Real Madrid” va “Barselona” 124 yillik raqobatda g‘alabalar soni bo‘yicha tenglashdi
Foto: Getty Images

Ispaniyaning “Real Madrid” va “Barselona” klublari o‘rtasidagi 124 yillik tarixiy raqobatda g‘alabalar soni tenglashgani ma’lum bo‘ldi. 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “El-Klasiko” arafasida e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, ikki klub o‘zaro rasmiy uchrashuvlarda bir xil natija qayd etgan. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” va “Barselona” shu vaqtga qadar barcha musobaqalar doirasida 264 marta to‘qnash kelgan. Ushbu uchrashuvlarning 106 tasida madridliklar, yana 106 tasida kataloniyaliklar g‘alaba qozongan. Qolgan 52 ta bahs durang natija bilan yakunlangan. Urilgan gollar bo‘yicha esa “Real Madrid” 444:441 hisobida kichik ustunlikka ega.

Ispaniya La Ligasi doirasidagi o‘zaro bahslarda madridliklar 80 ta, “Barselona” esa 77 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Biroq chempionat doirasida urilgan gollar bo‘yicha kataloniyaliklar 312:309 hisobida oldinda. “El-Klasiko” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik yulduz mazkur qarama-qarshilikda 26 ta gol urgan.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 25-oktabr kuni “Spotify Camp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26-oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. Mazkur o‘yinda g‘alaba qozongan jamoa tarixiy raqobatda umumiy g‘alabalar soni bo‘yicha oldinga chiqib oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting