Tennischilarimiz Ningbo Open WTA turnirining asosiy davrasiga yoʻl olishdi
Musobaqa 25-oktyabr kuni o'z nihoyasiga yetadi.
Фото: OlympicUz
Ertaga Xitoyning Ninbo shahrida tennis bo'yicha ayollar o'rtasida WTA 500 tasnifidagi BNB Ningbo Open turniri start oladi.
Oʻzbekistonlik raketka ustalari Kamila Rahimova (dunyo reytingida 69-o’rin) hamda Polina Kudermetova (102) musobaqaning saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi va asosiy davraga yo'llanma olishdi.
Birinchi davrada hamyurtlarimizni quyidagi uchrashuvlar kutib turibdi:
19-oktyabr:
Kamila Rahimova – Mariya Buzkova (Chexiya, 28);
20-oktyabr:
Polina Kudermetova – Kristina Buksha (Ispaniya, 38).
Musobaqa 25-oktyabr kuni o'z nihoyasiga yetadi.