locale OZ

«Liverpul» va «Bornmut» Nmechaga qiziqmoqda

Futbolchining klub bilan shartnomasi esa 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
«Liverpul» va «Bornmut» Nmechaga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premyer-ligasining top-klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» 26 yoshli futbolchini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.

Manbaning yozishicha, mersisaydliklar «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skottni sotib olishning uddasidan chiqa olmasa, Nmecha nomzodiga murojaat qilishi mumkin.

Nmechaning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasida 80 million yevro miqdoridagi tovon puli belgilangan. Ushbu band iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Futbolchining klub bilan shartnomasi esa 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting