Elit OCHL. «Paxtakor» «Al Qodisiya» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Elit OCHL. «Paxtakor» «Al Qodisiya» bilan o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
«Sherlar» Rojers boshqaruvidagi Saudiyaning ikkinchi jamoasi bilan ham durang o‘ynadi.
OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur Toshkentdagi o‘yin bilan start oldi.
«Paxtakor» o‘z uyida «Al Qodisiya»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. «Manchester Siti»dan kelib qo‘shilgan niderlandiyalik yarimhimoyachi Tijani Reyndersning goliga Doston Hamdamov penaltidan javob berdi.
Brendar Rojers jamoasi ochkolarini 4 taga yetkazib, hozircha peshqadamga aylandi. «Paxtakor» esa qatorasiga ikkinchi durangdan so‘ng 2 ochko bilan 7-pog‘onada.
Elit OCHL. 2-tur
Paxtakor — Al Qodisiya 1:1
12 oktyabr, «Paxtakor» stadioni
Gollar: Doston Hamdamov (89) — Tijani Reynders (35).
Paxtakor — Nazarov, Alijonov, Abjumajidov, Tahsin, Puraliganji (Sobirxo‘jayev, 82), Nasrullayev, Bo‘riyev, Mozgovoy (Ibragimov, 90+3), Resan (Hamdamov, 77), Flamarion (Bozorov, 77), Chinedu (Husayn, 77).
Al Qodisiya — Kastels, Takri, Alvares, Diabate (Ash Shahroni, 69), Nandes, Reynders, Vaygl, Al Juvayr (Al Qahtoni, 69), Bonsu (Sani, 81), Kiniones, Retegi (Salim, 90).
Ogohlantirishlar: Mozgovoy (33), Diabate (62).