«Andijon» - «Qizilqum». O’zaro bahslarda kim ustun?
“Andijon” jamoasi Superliganing 24-turida “Bobur arena”da Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.
Birinchi davrada Navoiydagi bahsda mezbonlar 2:1 hisobida ustun kelgan. Jamoamizdan Andronikashvili gol muallifi boʼlgan.
Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlar statistikasiga kelsak, hozirga qadar chempionat doirasida 43 ta bahs o'tkazilgan. “Qizilqum”da 20, “Andijon”da 14 g'alaba bor. 9 uchrashuvda esa durang qayd etilgan. To'plar nisbati 67:55 navoiyliklar foydasiga.
“Andijon” chempionatda so'nggi bor o'z maydonida “Qizilqum”ni 2023 yilgi mavsumda mag'lub etgan. 22 may sanasida bo'lib o'tgan bahsda “Andijon” Ilhom Alijonov bilan Rubin Xebayning gollari evaziga uch ochkoni qo'lga kiritgan.
Andijonda o'tgan so'nggi 5 ta o'yin
2025 yil
“Andijon” – “Qizilqum” – 1:1
2024 yil
“Andijon” – “Qizilqum” – 0:0
2023 yil
“Andijon” – “Qizilqum” – 2:0
2021 yil
“Andijon” – “Qizilqum” – 1:1
2020 yil
“Andijon” – “Qizilqum” – 0:0
“Andijon” jamoamizga omad yor bo'lsin.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Qizilqum” qarama-qarshiligi 15 oktabr kuni “Bobur arena” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.