«Aral» — Superliga-2027 ishtirokchisi
Nukus jamoasi 25 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonning oliy divizioniga qaytadi.
Фото: UzPFL
Proliganing 23-turidan o‘rin olgan bahsda «Aral» «Jayxun»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. 70-daqiqada Asadbek Mustafakulov hisobni ochgan bo‘lsa, 83-daqiqada raqib jamoa futbolchisi Mark Krasnov o‘z darvozasiga gol urdi.
Ushbu g‘alaba orqali qoraqalpog‘istonliklar Proligada muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritib, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqdi. Nukus jamoasi 25 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonning oliy divizioniga qaytadi.
Proliga. 23-tur
Orol — Jayxun 2:0
Gollar: Mustafakulov 17 (avtogol), Krasnov 83.