locale OZ

«Paxtakor» murabbiyi: «O‘yin tomonlama bo‘sh kelmadik. Yakunda g‘alabaga yaqinroq edik»

Emilian Karas «Al Qodisiya» (1:1) bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Paxtakor» murabbiyi: «O‘yin tomonlama bo‘sh kelmadik. Yakunda g‘alabaga yaqinroq edik»
photo: Paxtakor FK
Osiyo Chempionlar Ligasi
12.10.2026, Yak.
Paxtakor Toshkent
1
Al Qodasiya
1

«Paxtakor» murabbiyi: «O‘yin tomonlama bo‘sh kelmadik. Yakunda g‘alabaga yaqinroq edik»

Emilian Karas «Al Qodisiya» (1:1) bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Paxtakor» murabbiyi Emilian Karas Elit OCHL 2-turidan o‘rin olgan «Al Qodisiya»ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Maydonda yaxshi va keskin kurashlarga boy o‘yin kechdi. Har ikki jamoa ko‘plab vaziyatlar yaratdi, bahsda ko‘proq gollar urilishi ham mumkin edi.

Raqibning qarshi va tez hujumlaridan ehtiyot bo‘lishni yigitlarga aytgandik, biroq baribir jahon darajasidagi hujumkor o‘yinchilar bilan mehmonlar bir necha vaziyatlarni yuzaga keltirishdi.

Biz o‘yin taraflama bo‘sh kelmadik. Birinchi bo‘limdagi golimiz VAR orqali bekor qilindi. Ikkinchi bo‘limda hujumda to‘g‘riroq o‘ynadik. Bellashuv oxirida hisobni tenglashtirdik va g‘alabaga yaqinroq edik. Bir necha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Bahsdagi holatga qarab taktik o‘zgarishlar qildik. Sobirxo‘jayev markaziy himoyachi o‘rniga tushgach, hujumda futbolchimiz bir nafarga ko‘paydi. Natijada bosim qildik va gol urdik.

Hamisha shunday darajada o‘ynashni istagan bo‘lardik. Lekin chempionat o‘yinlarida ruhiy holat baribir o‘zgaradi. Mashg‘ulot va uchrashuvlarda borimizni berib, ishtiyoq bilan o‘ynashda davom etishga urinamiz. Shunda o‘sishga erishamiz. Bugun kuchli jamoaga qarshi dadil o‘ynay oldik, deb o‘ylayman», — deya Karasning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting