Superliga. «Neftchi» Qo‘qonda o‘tgan gollarga boy derbida ustun kelib, peshqadamga aylandi
Superliga. «Neftchi» Qo‘qonda o‘tgan gollarga boy derbida ustun kelib, peshqadamga aylandi
Endi amaldagi chempion ertaga «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaydigan «Navbahor»ga muxlislik qiladi.
O‘zbekiston chempionatida 24-tur davom ettirildi.
Gollarga boy Farg‘ona derbisida «Neftchi» (55) «Qo‘qon-1912» (23, 13-o‘rin) ustidan g‘alaba qozondi va bu turda «Navbahor»ga (45, 3-o‘rin) qarshi o‘ynaydigan «Paxtakor»ni (52) ortda qoldirgan holda peshqadamga aylandi.
Superliga. 24-tur
Qo‘qon-1912 — Neftchi 2:4
Qo‘qon, «Markaziy» stadion
Gollar: Toma Tabatadze (11), Shahzod Akromov (50) — Zoran Marushich (14, 58), Nurmuhammad Abdug‘aniyev (48), Koffi Kuao (86).
Qo‘qon-1912 — Rahim Davronov, Jasur Yoqubov, Shota Gvazava (Muhriddin Pazildinov, 82), Shohrux Gadoyev, Zafar Hakimov (Asliddin Toshtemirov, 62), Shahzod Akramov (Shohrux Mahmudhojiyev, 74), Iqbol Malikjonov, G‘ulomhaydar Gulomov, Toma Tabatadze (Javohir Husanov, 62), Elbek Yo‘lchiyev, Muhammadanas Hasanov (Akbar O‘ktamov, 82).
Neftchi — Akbar To‘rayev, Vladimir Yovovich (Abror Ismoilov, 64), Xurshid G‘iyosov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 74), Asilbek Jumayev (Anvar G‘ofurov, 64), Nurmuhammad Abdug‘aniyev, Muhsin Ubaydullayev, Alisher Odilov (Bilol Toshmirzayev, 82), Zoran Marushich (Stipe Peritsa, 74), Farrux Sayfiyev, Koffi Kuao, Ratinio.
Ogohlantirish: Shahzod Akramov (38).
Chetlatish: Nurmuhammad Abdug‘aniyev (59).