locale OZ

O’zFHM rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi

O’zFHM Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 7-moduli doirasida olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishdi.
 O’zFHM rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi
photo: UzFHM

O’zFHM rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi (O’zFHM) rahbariyati Hakamlar akademiyasi tinglovchilari uchun tashkil etilgan o‘quv kursining 7-moduli doirasida olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida rahbariyat tinglovchilarning O‘zbekiston chempionati doirasida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar U-17 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlarda hakamlik faoliyatini kuzatdi.

Shuningdek, Akademiya tinglovchilari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bilim va ko‘nikmalari, hakamlik faoliyatiga bo‘lgan yondashuvi bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida hakamlik sohasidagi ko‘p yillik tajriba asosida o‘yin vaziyatlarini to‘g‘ri baholash, tezkor va aniq qarorlar qabul qilish hamda maydonda o‘zini tutish kabi muhim jihatlar yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, tinglovchilarga nazariy bilimlarini muntazam mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha kerakli maslahatlar berildi.

Mazkur uchrashuv yosh hakamlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda kelgusida malakali hakamlar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting