locale OZ

«Bornmut» va «Fulhem» Karrikka qiziqish bildirmoqda

Maykl iste’foga chiqarilishi mumkin.
«Bornmut» va «Fulhem» Karrikka qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

So‘nggi vaqtlarda matbuotda Maykl Karrikning «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimidan yaqin orada iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqida ko‘plab xabarlar tarqalmoqda.

Indykaila News nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» rahbariyatining rejasi munosib o‘rinbosar topilganidan so‘ng Karrik bilan xayrlashishdan iborat.

Manbaga ko‘ra, Karrik «Manchester Yunayted»ni tark etgan taqdirda, uni bosh murabbiy sifatida ishga taklif qilishni istagan ikki klub bor. Bular — «Bornmut» va «Fulhem».

Ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting