Doston Hamdamov: «Raqibni bunchalik kuchli deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi»
Doston Hamdamov: «Raqibni bunchalik kuchli deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi»
«Paxtakor» hujumchisi «Al Qodisiya» bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Elit OCHL 2-turidan o‘rin olgan «Al Qodisiya»ga (1:1) qarshi o‘yinda «Paxtakor»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Doston Hamdamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Bunchalik kuchli o‘ynashadi, deb o‘ylamagandik. Legionerlari ajralib turdi.
Zaxiradan tushganim? Asosiyda tushasizmi yoki zaxiradan, doim jamoa uchun borini berish kerak.
Penalti? Akmal Mozgovoy bilan tortishganimiz yo‘q. «Tepasizmi?» deb so‘radi. «Ha, tepaman» dedim. Xayolimda faqat gol urish bo‘ldi», — deya «sherlar» hujumchisining so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.