Mavsumdagi ilk chiqish: \"Valladolid\" La Liganı tark etadi
Ispaniyaning "Valladolid" klubi joriy mavsumda La Liganı rasmiy ravishda tark etayotgan ilk jamoa bo'ldi. Chempionatning 33-turida "Betis"ga mehmon bo'lib 1:5 hisobida mag'lub bo'lgan jamoa turnir jadvalining eng so'nggi — 20-pog'onasida qolib ketdi. Hozircha jamoaning hisobiga jami 16 ochko to'plangan.
Qutqaruvchi — 17-o'rindan 18 ochkoli ortda qolgan "Valladolid"ning elita divizionda qolish imkoniyati endi matematik jihatdan ham yo'qoldi. Chunki mavsum tugaguncha bor-yo'g'i beshta tur qoldi.
Jamoa uchun ayniqsa, mavsumning so'nggi qismi muvaffaqiyatsiz o'tdi — so'nggi 14 uchrashuvda jamoa atigi bitta ochko to'pladi. Oxirgi g'alaba esa 11 yanvar kuni qayd etilgan — "Valladolid" o'shanda o'z maydonida aynan "Betis"ni 1:0 hisobida yenggandi. Ayni paytda La Ligada yetakchilikni "Barselona" (76 ochko) saqlab turibdi, ikkinchi o'rinda esa Madridning "Real" jamoasi (72 ochko) bormoqda.