locale OZ

Timur Kapadze: \"Shomurodov va Dovbik bir paytda o'ynay oladi\"

Futbol
Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Timur Kapadze: "Shomurodov va Dovbik bir paytda o'ynay oladi"
PHOTO: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Sports24.uz bilan suhbatda Eldor Shomurodov haqida gapirdi.

– Terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodovning "Roma"dagi o‘yinlarini kuzatib boryapsizmi?

Albatta, har bir legionerimizning o‘yinlarini imkon qadar kuzatib boryapman. So‘nggi uchrashuvda Eldor zaxiradan tushib "Yuventus"ga gol urdi va eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bundan xursandmiz albatta.

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranierining o‘zbekistondik Eldor Shomurodov va ukrainalik Artyom Dovbikni bir paytda maydonga tushirish g‘oyasiga qanday qaraysiz?

"Roma" Ranieri qo‘l ostida bir markaziy hujumchi taktikasi bilan o‘ynamoqda. Bu joyda Dovbikdan ko‘proq foydalanmoqda. Shomurodov ham, Dovbik ham markaziy hujumchi rolini bajara olishadi. Eldor avvallari qanot hujumchisi ham bo‘lgani uchun Artyomga nisbatan universaliroq. Ranieri Eldor bilan "Kalyari"da birga ishlagan va imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

"Yuventus"ga qarshi bahsning ikkinchi taymida Eldor zaxiradan himoyachi o‘rniga tushdi va "Roma" ikki markaziy hujumchi bilan o‘ynadi. To‘g‘ri Shomurodov zarur paytlarda qanotda ham paydo bo‘ldi. Shunday ekan, Ranieri keyingi o‘yinlarda Shomurodov va Dovbikni bir paytda maydonga tushirishi mumkin deb o‘ylayman.

FOTO: Instagram
FOTO: Getty Images
Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting