Qirg‘iziston o‘rtoqlik bahsida Xitoy Taypeyini yirik hisobda mag‘lub etdi
Vetnamdagi bahsda gollardan biri Joel Kojo hisobiga yozildi.
Futbol
photo: gettyimages
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
14.11.2026, Yak.
Xitoy Taypeyi
0
Qirg‘iziston
3
Qirg‘iziston milliy jamoasi FIFA kunlaridan unumli foydalanib, Vetnamda Xitoy Taypeyi bilan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Unda qo‘shnilarimiz 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biriga «Navbahor» hujumchisi Joel Kojo mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston keyingi bahsini 17 noyabr kuni Vetnamga qarshi bellashadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Xitoy Taypeyi — Qirg‘iziston 0:3
Gollar: Jirg‘albek 31, Kojo 43, Akmatov 90+1.
Qirg‘iziston — Pryadkin, Abdurahmonov, Astanakulov, Atabayev, Beksulov, Brauzman, Kichin, Merk, Zaripbekov, Jirg‘albek, Kojo.